So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

30 apr 11:04
Yangiliklar

Boshqalar

Onlayn musobaqalar g'oliblari taqdirlandi + FOTO

Teglar :  VazirlikTaqdirlash
Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan karantin vaqtida aholining bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida bir qator sport turlaridan onlayn musobaqalar tashkil etilgan edi.

Avval xabar berib o'tganimizdek, Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan karantin vaqtida aholining bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida bir qator sport turlaridan onlayn musobaqalar tashkil etilgan edi.

Toshkent viloyati aholisi o'rtasida Taekvondo VTF, Karate VKF, O'zbek jang sanati va Taekvondo ITF sport turlari bo'yicha o'tkazilgan onlayn musobaqalarda 10 mingga yaqin ishtirokchilar o'z mahoratlarini namoyish etgan videoroliklar yordamida g'oliblik uchun kurash olib borishdi.

Musobaqa uchun masul bo'lgan hakamlar guruhi tomonidan barcha videoroliklar ko'rib chiqilib eng munosiblar g'olib deb topildi. Bundan tashqari ishtirokchilar orasidan alohida videoroliklar tanlab olinib Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i tomonidan alohida mukofotlar bilan taqdirlandi.

Bugun onlayn musobaqalarda g'olib va sovrindor deb topilgan ishtirokchilarga oldindan vada qilingan qimmatbaho sovg'alar topshirildi. SHuningdek g'oliblarga sport epirovkalari ham taqdim qilindi.

Hukumatimiz tomonidan karantin davrining uzaytirilish natijasida Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan yana bir qator sport turlari bo'yicha onlayn musobaqalar davom ettirilishi rejalashtirilmoqda.

Aziz Toshkent viloyati aholisi, karantin davrida uyingizda qolib, sport bilan shug'ullaning hamda onlayn musobaqalarda ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiriting! Biz siz bilan koronavirusni albatta engamiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing