So’nggi yangiliklar

11:19UFC Fight Night 279 турнирининг бонус соҳиблари маълум бўлди 0 10:45Тошкентда UFC турнири ўтказилиши мумкин. Отабек Умаров Дана Уайт билан учрашди + ФОТО 0 10:16Асосий кардининг барча жанглари муддатидан аввал "финиш" бўлган UFC Fight Night 279 турнирининг тўлиқ натижалари 0 09:49Кюрасао дарвозабони 60 йиллик рекордни янгилади 0 09:18Uzbekistan Team Жамоавий блиц жаҳон чемпионатида 1/4 финалга чиқди 0 08:44Камару Усман октагонга қайтяпти. У собиқ чемпионга қарши жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 08:09UFC Vegas 119: Рамазон Темиров вазнидаги даъвогарлик жанги муддатидан аввал якунланди 0 07:33ЖЧ-2026. Кюрасао тарихий очкосини қўлга киритди 0 21:27Ўзбекистон 7 нафар боксчи билан Жаҳон кубоги финалига етиб келди 0 18:25Ислам Махачев: "Эверестга чиқиш? У ерда намоз ўқишнинг имкони борми?" 0 17:53Царукян Адесаньяга "ответ" қилди: "Ичкиликдан кўра стрим қилиш яхшироқ" 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев: "Яна катта жанг таклиф қилишди, мен эса..." 0 16:56Мбаппе шарафига номланган тилла балиқ ЖЧнинг 10 та ўйини ғолибини топди 0 16:24Разамбек Жамаловнинг RAF Лигасидаги илк рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 15:50Мейвезер - Замбидис жанги барбод бўлиш хавфи остида қолди 0

04 iyu 08:01
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Onlayn yig'ilishda birinchi yarim yillik sarhisob qilinib, kelgusi 6 oy uchun rejalar muhokama qilindi

Koronavirus sabab 2020 yil ko'plab sohalarda bo'lgani kabi sport olamida ham misli ko'rilmagan o'zgarishlarga olib kelmoqda.

Yil boshidan butun dunyoda avj olgan ushbu virus sabab sportchilarimiz ham 4 oydirki musobaqalarda ishtirok etishmayapti. Mashg'ulotlar esa uy sharoitida olib borilmoqda. Bugun ortda qolgan 6 oy davomida sohada qilingan ishlar yuzasidan 2020 yilning birinchi yarim yillik yakunlari hamda ikkinchi yarim yillikning ish rejalariga bag'ishlangan onlayn yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi masul xodimi SHavkat Sultanov, MOQ, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, shuningdek, Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalar rahbariyati va mutasaddi xodimlari ishtirok etishdi.
Yig'ilishni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ochib berdi va qatnashchilarni kun tartibi bilan tanishtirdi. Kun tartibida belgilanganidek, yig'ilishda dastlab MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Abdushukur Sadikov Epidemiologik vaziyat sabab chiqarilgan hukumat qarorlarining ijrosi yuzasidan sohada olib borilgan ishlar xususida gapirib berdi. SHundan so'ng O'zbekiston taekvondo federaciyasi raisi SHerzod Tashmatov Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik bo'yicha olib borilayotgan ishlar va joriy yilning ikkinchi yarim yilligi uchun rejalar xususida maruza qildi. O'z navbatida MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov terma jamoalarga xorijdan jalb qilingan murabbiylar bilan ishlash, hududlardagi yoshlar uchun onlayn master-klaslar ko'rsatish borasida, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bosh mutaxassisi Akrom Nizametdinov yosh iqtidorli sportchilarni saralash, yani selekciya ishlari borasida tayyorlangan materiallari bilan tanishtirdilar. MOQ prezidenti matbuot kotibi, axborot-siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi Zafar Imomxo'jaev esa sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, federaciyalar matbuot-xizmati bilan olib borilayotgan ishlar, oldindagi rejalar, loyihalar xususida malumot berdi. MOQ departament direktori Alisher Karimov federaciyalar faoliyatini tijoratlashtirish to'g'risidagi maruzasi bilan kun tartibidagi barcha masalalar ko'rib chiqildi, mutaxassislarni qiziqtirgan mavzular bo'yicha atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov yakuniy so'z o'rnida ortda qolgan davrni sarhisob qilib, qilinadigan ishlar xususida gapirdi.

“Avvalombor, mana shunday iqtisodiy murakkab davrda turganimizga qaramay sportni qo'llab-quvvatlab kelayotgan Prezidentimiz va hukumatimizga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolaman. Zero, yil yakunigacha rejalashtirayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inlarimizni o'tkazish uchun etarli mablag' ajratilgan. Yuqorida aytilgan fikrlar haqiqatda juda o'rinli. O'z o'rnida federaciya mutasaddilaridan o'zlari uchun kerakli xodimlarni ishga jalb qilish masalasida takliflarni kutib qolamiz. Tibbiy ko'rikdan o'ta olgan va zarur talablarni bajara oladigan federaciyalar o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib borishi mumkin. Albatta, bu borada Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishgan holda ish tutish lozimligini unutmaslik kerak. Hozir butun dunyoda vaziyat bir xil. Sizlardan o'z yo'nalishlaringizda yangi metodikalar bo'yicha takliflarni kutib qolamiz. Ertaga xalqaro musobaqalar ham boshlanadi. Hukumatimiz unda sportchilarimizning ishtirokiga ruxsat bergach, bunga tayyor bo'lishimiz kerak. SHu bois sportchilarimizni yuqori sport formasida ushlab turishimiz lozim», – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Yig'ilish davomida Olimpiya harakatini qo'llab-quvvatlashga masul tashkilotlar bilan ishlash, yilning qolgan qismida mahalliy musobaqalarni tashkil qilish, federaciyalar matbuot xizmati bilan ishlash, sportchilarimizning yig'inlardagi bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish mavzularida ham fikr-mulohazalar almashilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing