12 may 11:34
Yangiliklar
“Oqtosh-Chorvoq Mountain”. Erkaklar o'rtasidagi ikkinchi bosqich bosh sovrini Greciyaga ketadi + FOTO
Erkaklar o'rtasida kunining ikkinchi yarmida Greciya, Portugaliya, Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston, Fillippin, Mo'g'uliston, Quvayt hamda O'zbekiston davlatlari velosportchilari ishtirokida murosasiz bahslar bo'lib o'tdi.
“Oqtosh-Chorvoq-Mountain” xalqaro musobaqalarning eng masuliyatli bosqichi bo'lgan erkaklar o'rtasidagi bellashuvlar 170 km masofaga o'tkazildi. Hamyurtlarimizdan eng yaxshi natijaga Murodjon Xolmurodov erishdi. U marraga beshinchi bo'lib etib keldi. Tashkent City Professional Cycling Team jamoasining yana bir azosi Edim Eminov 8-o'rin bilan kifoyalandi.
G'olib va sovrindorlar:
1. Ilias Penklis (Greciya)
2. Batsaixan Tegsh-Bayar (Mo'g'uliston)
3. Tzortzakis Polyachronis (Greciya)
O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar