24 noy 12:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Ortis - Uaylder boks kechasining anderkart jangida kim g'alaba qozondi?
Bugun tongda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi MGM Grand arenada professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Xabar berganimizdek, oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda WVC yo'nalishi chempioni, amerikalik Deontey Uaylder kubalik davogar bokschi Luis Ortisni muddatidan avval nokautga uchratgan hamda o'z kamarini 10-marotaba himoya qilgan edi.
Ushbu boks oqshomining anderkart jangida esa meksikalik Leo Santa Kruz amerikalik Migel Floresga qarshi ringga chiqdi. To'liq 12 raund davom etgan jang yakunida hakamla bir ovozdan Leo Santa Kruzning g'alabasini taminlashdi - 115-112, 117-110, 117-110.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar