23 noy 11:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Ortis va Uaylder jang oldidan taroziga chiqdi + FOTO
Superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder ertaga tongda Las-Vegasda kubalik Luis Ortisga qarshi jang qiladi.
Bugun ushbu jang oldidan vazn o'lchash marosimi tashkil etildi. Unga ko'ra chempion Uaylder 99,6 kg vazn qayd etgan bo'lsa, Ortis 107 kg tosh bosdi.
Qayd etish lozimki, Uaylder 2015 yildan buyon WBC kamari sohibi hisoblanadi. U kamarini 9 marotaba himoya qilgan.
Uaylder prof boksda 42 ta jang o'tkazib, ularning 41 tasida g'alaba qozongan (40 ta nokaut). Bitta jangida - Tayson Fyuriga qarshi o'tkazilgan bahsda durang qayd etgan. 40 yoshli Ortis esa 34 ta jang o'tkazib, 31 marotaba g'alaba qozongan (26 ta nokaut). 1 marotaba mag'lub bo'lgan. Ikkita jangi esa bo'lib o'tmagan deb hisoblangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar