10 may 10:46
Yangiliklar
Tennis
Osaka dunyoning 20-raketkasini uyiga jo'natib qo'ydi
WTA reytingida 173-pog'onada borayotgan Naomi Osaka Rim WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirning uchinchi davra ishtirokchisiga aylandi.
Yaponiyalik tennischi 74 daqiqa davom etgan ikkinchi davra bahsida duning 20-raketkasi, ukrainalik Marta Kostyukni ortiqcha qiyinchiliksiz 6/3, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko'rinishiga keldi.
Takidlash joiz, Osaka grunt qoplamali kortda faoliyatida ilk bor Top-20`talikdagi tennischidan ustun keldi. SHu kungacha unda 8 ta mag'lubiyat bor edi. Endi u Internazionali BNL d'Italia Osaka turnirining uchinchi bosqichida rossiyalik Darya Kasatkinaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar