16 noy 19:04
Yangiliklar

Osiyo chempionati. 6 nafar bokschi qizimiz yarim final jangida ishtirok etdi
Bugun musobaqa doirasida yarim final janglari bo'lib o'tdi. Avvalroq, yigitlarimizdan 6 nafar bokschi jangni o'z foydasiga hal qilib, final yo'llanmasini qo'lga kiritgani haqida xabar qilgandik.
Qizlarimizning 5 nafari bugun bronza medali bilan kifoyalandi. -75 kg vaznli Navbahor Hamidova esa oltin medal uchun jang qilish huquqini qo'lga kiritdi.
-51 kg: Saydiniso Muhammadalieva - Anel Sakish (Qozog'iston) 0:5
-54 kg: Nasiba Hayrullaeva - Veiki CHai (Xitoy) 0:5
-60 kg: Ziyoda Yarasheva - Uljanay Mamutova (Qozog'iston) 0:5
-64 kg: Dilfuza Bekova - Xaini Mulataiaili (Xitoy) 0:4
-75 kg: Navbahor Hamidova - Jixo Kim (Janubiy Koreya) 5:0
-69 kg: Xadichabonu Abdullaeva - Manikon Bayson (Tailand) 0:5
Fikrlar