13 noy 12:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionati. Bokschimiz chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi + FOTO
Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi kun janglari boshlandi.
Bugun o'zbekistonlik bokschilar ichida birinchilardan bo'lib -56 kg vaznli Xurshidbek Rasuljonov ringga ko'tarildi. U nimchorak final doirasida iroqlik Husseyn Abdulhadiga qarshi jang qildi va raqibini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bugun kun davomida yana besh nafar bokschimiz yarim final yo'llanmasi uchun jang qiladi.
Suratlar muallifi - Aziz To'xtamurodov, o'z muxbirimiz
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar