13 noy 07:41
Yangiliklar

Osiyo chempionati. Bugun 6 nafar bokschimiz yarim final yo'llanmasi uchun ringga ko'tariladi (janglar ro'yxati)
Bugun musobaqa doirasida chorak final janglari tashkil etiladi. Kun davomida qizlarimiz ham ringga ko'tarilishadi.
Bugun jang qiladigan o'zbekistonlik bokschilar ro'yxati:
-56 kg: Xurshidbek Rasuljonov - Xusseyn Abdulhadi (Iroq) (B ring, taxminiy boshlanish vaqti - 12:25 dan so'ng)
-52 kg: Mirzabek Mirzahalilov - SHunnosuke Xiracuka (Yaponiya) (A ring, 12:50 dan so'ng)
-60 kg: Rahmatillo Toshpo'latov - Subin Kim (Koreya Respublikasi) (A ring, 13:50 dan so'ng)
-51 kg: Saydiniso Muhammadalieva - Sinadjan Mari (Filippin) (B ring, 14:40 dan so'ng)
-57 kg: Sitora Turdibekova - Somnuek Panpatchara (Tailand) (A ring, 15:30 dan so'ng)
-75 kg: Navbahor Hamidova - Asel Sagatova (Qozog'iston) (B ring, 15:30 dan so'ng).
(Boshlanish soatlari Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan)
Fikrlar