20 apr 10:37
Yangiliklar
Sport kurashlari
Osiyo chempionati. Bugun besh nafar yunon-rum kurashchimiz medallar uchun bahslarga kirishadi
Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqaning ikkinchi kuni yunon-rum kurashi bo'yicha qolgan beshta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Kechagi bellashuvlarda Jalgasbay Berdimuratov kumush, Jasurbek Ortiqboev va Mo'minjon Abdullaev bronza medalini qo'lga kiritishgan edi.
Bugun gilamga chiqadigan "klassiklarimiz":
-60 kg: Feruz To'xtaev – Ayata Suzuki (Yaponiya)
-67 kg: Mahmud Baxshulloev – Nyamdorj Battulga (Mo'g'uliston)
-72 kg: Mirzobek Rahmatov – Vikas Vikas (Hindiston)
-82 kg: Muhammadqodir Rasulov – Batzul Damjin (Mo'g'uliston)
-97 kg: Rustam Assakalov – Takaxiro Curuda (Yaponiya)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar