17 noy 09:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionati. Kumush medallarni jamg'arishda davom etamiz
Mo'g'ulistonda yakuni sari yaqinlashayotgan boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida final janglari o'tkazilmoqda.
Afsuski, hozircha kumush medallar bilan kifoyalanayapmiz. -69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan bokschimiz Nurislom Ismoilov oltin medal uchun kechgan bahsda qirg'izistonlik Nuriddin Rustambek Uuluga qarshi ringga chiqdi.
Murosasiz kechgan jang yakunida hakamlar 3:2 hisobidagi g'alabani qirg'izistonlik bokschiga taqdim etishdi. Qolgan bokschilarimizdan oltin medal kutib qolamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar