17 noy 10:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionati. Nihoyat, ilk oltin medal qo'lga kiritildi!
Xabar berganimizdek, Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.
Bugun qita chempionatining so'nggi kuni final janglari o'tkazilmoqda. Hozirgina finalga etib kelgan yana bir istedodli bokschimiz ishtirokidagi final jangi yakuniga etdi.
Unda -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Suhrob Qayimov oltin medalni qo'lga kiritdi. Suhrob qozog'istonlik kuchli raqibi Bektashni 4:1 hisobida mag'lub etib, terma jamoamizga Osiyo chempionatining ilk oltin medalini taqdim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar