14 noy 14:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionati. Nurislom mezbon bokschiga qarshi jang qildi
Ulan-Bator shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi qita birinchiligi o'zining eng qizg'in pallasiga kirib bormoqda.
Bugun -69 kg vaznli bokschimiz Nurislom Ismoilov musobaqadagi ilk jangini o'tkazdi. CHorak finalda hamyurtimizga mo'g'ulistonlik Luvanjalbu Cogcaixan raqiblik qildi. Jang yakuniga ko'ra Ismoilov raqibini 5:0 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi.
Bu bilan Nurislom Osiyo chempionatining kamida bronza medalini naqd qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar