13 noy 14:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionati. Rahmatillo 1/4 finalda koreyalikka qarshi ringga chiqdi
Xabar berganimizdek, Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Qita chempionatining chorak finali doirasidagi jangda -60 kg vaznli bokschimiz Rahmatillo Toshpo'latov janubiy koreyalik Subin Kimga qarshi ringga ko'tarildi. Jang to'liq bokschimizning ustunligida o'tdi va hamyurtimiz Subinni 5:0 hisobida dog'da qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, Rahmatillo 1/8 finalda xitoylik raqibini mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar