17 noy 09:26
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/95506_220.jpg)
Osiyo chempionati. Rasuljonov final jangida qozog'istonlik bokschiga qarshi ringga chiqdi
Bugun Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati yakunlanadi.
Ayni daqiqalada musobaqaning hal qiluvchi final janglari bo'lib o'tmoqda. Hozirgina qita chempionatida o'zbekistonlik bokschi ishtirokidagi ilk final jangi yakunlandi.
-56 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Xurshid Rasuljonov oltin medal uchun kechgan jangda qozog'istonlik Bibars Jexenga qarshi ringga ko'tarildi va afsuski raqibiga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib, Osiyo chempionatining kumush medali bilan kifoyalandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar