13 noy 15:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionati. Saydiniso Muhammadalieva 1/2 finalga chiqdi. Bronza naqd!
Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o'tkazilayotgan boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Xabar berganimizdek, bugun ham o'g'il bolalar, ham qizlar o'rtasida chorak final janglari o'tkazilmoqda. Qizlar o'rtasidagi bellashuvlarda -51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Saydiniso Muhammadalieva filippinlik Sinadjan Mariga qarshi ringga ko'tarildi.
Ushbu jangda 4:1 hisobida g'alaba qozongan yurtdoshimiz yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. SHu bilan birga u kamida Osiyo chempionatining bronza medalini ham naqd qildi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar