14 noy 14:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionati. Suhrob ikkinchi jangini o'tkazdi
Bokschilarimiz Mo'g'ulistonda yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida o'z ishtiroklarini davom ettirishmoqda.
Bahslarda -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Suhrob Qayimov chorak final doirasida xitoylik Ayiduosi Entemakega qarshi jang qildi va raqibini 5:0 hisobida dog'da qoldirdi. Bu bilan u ham yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, Suhrob musobaqadagi ilk jangini mezbon bokschiga qarshi o'tkazib, 3:2 hisobida g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar