17 noy 09:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionati. Yana bir bokschimiz finalda qozog'istonlik raqibiga qarshi jang o'tkazdi
Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o'tkazilayotgan boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Xabar berganimizdek, bugun qita chempionatida hal qiluvchi final janglari o'tkazilmoqda. Hozirgina -64 kg toifasidagi final jangi yakunlandi. Unda hamyurtimiz Javlonbek Yo'ldoshev qozog'istonlik Darxan Duesbayga qarshi ringga ko'tarildi.
Afsuski, bu bokschimiz ham raqibiga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib, Osiyo chempionatining kumush medali bilan O'zbekistonga qaytadigan bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar