So’nggi yangiliklar

19:0046 ёшли Пакьяо 2026 йилдаги режасини очиқлади 0 18:38Фёдор Емельяненко Нганну - Немков эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 18:15"Менга Чимаев эмас, UFC камари керак" - Нассурдин Имавов 0 17:40Шомуродов рамзий жамоадан жой олди 0 17:17Илия Топурия Пэдди Пимблеттга бўлган муносабати ҳақида гапирди 0 16:41"Шундагина унинг имконияти бўлади". Жастин Гэтжи Пэдди Пимблетт уни қандай мағлуб этиши мумкинлигини айтди 0 16:20Алекс Перейра Оқ уйдаги UFC турнирида қатнашиш нияти йўқлигига шаъма қилди 0 15:59Ўтиш ўйини. "Бухоро" "Арал"ни мағлуб этди ва Суперлигада қолди 0 15:39Бекзод Қурбонов Абу-Дабидаги турнирда олтин медални қўлга киритди 0 15:17Рамазон Темировга яхшигина рақибни таклиф қилишди 0 14:52Норчаев бугун Германияда операция қилинади 0 14:25UFC рейтинги янгиланди. Рамазон Темировнинг вазнида жиддий ўзгаришлар 0 14:02Александр Усикнинг Қримдаги мол-мулки тортиб олинди 0 13:40"Йиртқичларча ҳис пайдо бўлди". Абдумалик Халоковни тишлаб олган Шумков финал ҳақида гапирди 0 13:19Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди 0

23 sen 10:10
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Osiyo chempionatida ilk g'olib va sovrindorlar malum bo'ldi + FOTO

Samarqand shahridagi eshkak eshish kanalida ochiq suv havzasida suzish bo'yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

Osiyo suzish federaciyasi shafeligida tashkil etilayotgan mazkur qita chempionatida 14 davlatdan 45 nafar sportchi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishyapti. 

Haqiqiy bayramona ruhda tashkil etilgan ochilish marosimida Osiyo suzish federaciyasi Bosh kotibi Taha Al Kishri, shuningdek, Samarqand viloyat xokimligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Respublika suzish federaciyasi rahbariyati so'zga chiqib, mamlakatimizda sport sohasini yana-da rivojlantirish borasida olib borilayotgan say-harakatlar, mazkur Osiyo chempionati, uning nufuzi va darajasi haqida atroflicha so'z yuritdilar.

SHundan so'ng ochiq suv havzasida suzish bo'yicha o'ninchi bor tashkil etilayotgan Osiyo chempionatiga start berildi.

“O'zbekiston nafaqat mahoratli sportchilarni tayyorlash, balki har qanday nufuzli musobaqani yuqori saviyada tashkil etish borasida ham katta tajribaga ega eganligiga bugun yana bir bor amin bo'ldim. Fursatdan foydalanib, barcha tashkilotchilarga Osiyo suzish federaciyasi nomidan samimiy minnatdorlik bildiraman. Men O'zbekistonga ko'p bor tashrif buyurganman va har safar kelganimda ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilganligiga guvoh bo'laman. Yana bir jihat. O'zbekistonda sport sohasini rivojlantirishga Davlat miqyosida alohida etibor qaratiladi. Etiborlisi, bunga javoban yurtingiz sportchilari ham xalqaro maydonlardagi muvaffaqiyatlari salmog'ini yuksaltirib borishyapti. Bu safargi tashrifim davomida O'zbekiston sportni rivojlantirish vazirligi va Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyati bilan uchrashib, istiqbolli rejalar hususida fikr almashdik. SHuni ishonch bilan ayta olamanki, o'zaro hamkorligimiz yil sayin mustahkamlanib boradi”, - deydi Osiyo suzish federaciyasi Bosh kotibi Taha Al Kishri.

Musobaqaning dastlabki kuni 5 kilometr masofaga suzish bahslari o'tkazildi. Erkaklar o'rtasidagi musobaqada 24 nafar, xotin-qizlar orasida esa 16 nafar sportchi bahslarga kirishdi.

Birinchi bo'lib suzish havzasiga erkaklar tushishdi. Mazkur musobaqada Vatanimiz sharafini uch nafar sportchimiz – bular Abdujalil Abdug'aniev, Vyacheslav SHkretov hamda Nikita Kornilov himoya qilishdi.

Qizg'in kechgan musobaqa yakunlariga ko'ra yaponiyalik Taishi Minamide marra chizig'iga birinchi bo'lib etib kelib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Kunchiqar yurt vakili belgilangan masofani 58 daqiqa-yu 4 soniyada suzib o'tdi.

“Osiyo chempionatiga faqat oltin medalni ko'zlab kelganman. Maqsadim ro'yobga chiqqanidan juda ham xursandman. Albatta, mazkur chempionatda ham g'oliblikni qo'lga kiritish osonlikcha bo'lmadi. O'zingiz guvohi bo'lganingizdek, so'nggi masofalarga qadar birrinchi o'rin uchun shiddatli kurash kechdi. Yakunda g'oliblik menga nasib qildi”, - deydi Taishi Minamide.

Erkaklar o'rtasida bo'lib o'tgan musobaqada kumush medalga yaponiyalik yana bir sportchi Taiki Nonaka sazovor bo'lgan bo'lsa, bronza medali Xitoy Taypeyi vakili CHeng-CHi CHoga nasib qildi.

Ushbu musobaqada hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi ko'rsatkichga Abdujalil Abdug'aniev sazovor bo'ldi. Iqtidorli sportchimiz belgilangan masofani 1 soatu 4 daqiqa 14 soniyada suzib o'tib, 11-o'rinni egalladi.

Xotin-qizlar o'rtasidagi musobaqalar ham murosasizlikda erkaklarnikidan aslo qolishmadi. Mazkur musobaqada yurtimiz sharafini Anastasiya Zelinskaya, Muslima Jumaboeva hamda Parizoda Iskandarova himoya qilishdi.

Qizg'in kechgan bahslarning yakuniga ko'ra birinchi o'rinni yaponiyalik Yukimi Moriyama egalladi. U belgilangan masofani 1 soatu 1 daqiqa 8 soniyada suzib o'tdi.

“Men Osiyo chempionatida g'oliblik shohsupasiga ko'tarilganimdan juda ham xursandman. Bu yilgi qita chempionatiga ko'plab nomdor sportchilartashrif buyurishdi. Bu esa tabiiyki, sovrinli o'rinlar uchun kurashni yana-da murosasiz o'tishiga xizmat qildi. Sportda chempion bo'lishdan, uni saqlab qolish qiyin degan ibora bor. Men navbatdagi musobaqalarda ham birinchilikni o'z qo'limda saqlab qolish uchun bor kuch va imkoniyatimni ishga solaman”, - deydi Yukimi Moriyama.

Xotin-qizlar o'rtasida bo'lib o'tgan musobaqada kumush medalga gonkonglik Tsz Yin Nip sazovor bo'lgan bo'lsa, bronza medalini qozog'istonlik Mariya Fedotova qo'lga kiritdi.

Ushbu musobaqada o'zbekistonlik sportchilar orasida eng yaxshi ko'rsatkichni Anastasiya Zelinskaya qayd etdi. U belgilangan masofani 1 soatu 8 daqiqa 46 soniyada suzib o'tib, 9-o'rinni band etdi.

Bugun sportchilar dam olishadi. Ertaga. 24 sentyabr kuni esa 10 kilometr masofaga musobaqalar o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing