20 noy 13:47
Yangiliklar

Osiyo chempionatida sovrindor bo'lgan yosh bokschilarimiz Mo'g'ulistondan qaytib kelishdi + FOTO
Musobaqada qitamizning 16 mamlakatidan 180 nafarga yaqin yosh charm qo'lqop ustasi ishtirok etdi.
CHempionatda 18 nafar bokschi bilan qatnashgan terma jamoamiz yakunda 14 ta medal qo'lga kiritgandi.
Kecha vakillarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Bugun esa O'zbekiston boks federaciyasida sovrindor sportchilarimizni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliev, shuningdek boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.
Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionatida quyidagi sportchilarimiz sovrindor bo'lishgandi:
Oltin:
-75 kg: Suhrobjon Qayimov
-81 kg: SHohjahon Abdullaev
Kumush:
-56 kg: Xurshid Rasuljonov
-64 kg: Javlonbek Yo'ldoshev
-69 kg: Nurislom Ismoilov
-91 kg: Amirshox Samadov
-75 kg: Navbahor Hamidova
Bronza:
-52 kg: Mirzabek Mirzahalilov
-60 kg: Rahmatillo Toshpo'latov
-51 kg: Saydiniso Muhammadalieva
-54 kg: Nasiba Hayrullaeva
-60 kg: Ziyoda Yarasheva
-64 kg: Dilfuza Bekova
-69 kg: Xadichabonu Abdullaeva
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar