So’nggi yangiliklar

16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0 13:14Теренс Кроуфорд бокс тарихидаги энг яхши учта жангни айтди 0 12:53Miami Open. Раҳимова саралашнинг финал учрашувида кортга чиқди 0 12:32Sofascore. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг юқори баҳога лойиқ кўрилди 0 12:11Жо Роган: "Аспиналл-Ган жангини тўхтатиш — спортдаги энг катта жиноят" 0 11:50Нодирбек Абдусатторов: "Умид қиламанки, финалда ўзбек дербиси бўлади" 0

22 sen 08:25
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Osiyo chempionatining birinchi kuni startga chiqadigan sportchilarimiz malum

Bugun Samarqand shahridagi eshkak eshish kanalida ochiq suv havzasida suzish bo'yicha kattalar o'rtasida X Osiyo chempionati bahslari boshlanadi.

Qita chempionatining birinchi kuni 5 kilometr masofaga suzish bo'yicha musobaqa o'tkaziladi. Erkaklar o'rtasida bo'lib o'tadigan bahslarda 24 nafar, xotin-qizlar o'rtasida o'tkaziladigan startda esa 16 nafar sportchi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradi.

Erkaklar o'rtasida tashkil etiladigan musobaqada Vatanimiz sharafini Abdujalil Abdug'aniev, Vyacheslav SHkretov va Nikita Kornilov (Bekmurod Kenjaev zaxira sportchi) himoya qilishadi.

Umuman erkaklar o'rtasidagi musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolaridan tashqari Ummon, Tojikiston, Qozog'iston, Yaponiya, Iordaniya, Eron, Bangladesh, Hindiston, Xitoy Taypeyi, Gonkong, Iroq, Quvayt va Falastin terma jamoasi azolari ham startga chiqadilar.

Xotin-qizlar o'rtasida o'tkaziladigan bahslarda esa O'zbekiston sharafini Parizoda Iskandarova, Anastasiya Zelinskaya hamda Muslima Jumaboeva himoya qiladilar.

Mazkur musobaqada, shuningdek, Hindiston, Qozog'iston, Xitoy Taypeyi, Gonkong, Iordaniya, Yaponiya va Bangladesh terma jamoasi azolari ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing