So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

08 okt 12:51
Yangiliklar

Tadbirlar, Olimpiya o'yinlari

O'smirlar Olimpiadasi sovrindori ananaga ko'ra MOQning esdalik sovg'asi bilan taqdirlandi

Xabar berib o'tganimizdek, Argentinada bo'lib o'tayotgan o'smirlar Olimpiya o'yinlarining ilk kunida taekvondochimiz Ulug'bek Rashitov kumush medal sohibiga aylandi.

Uning medali O'zbekiston terma jamoasi uchun Buenos-Ayresdagi musobaqada dastlabkisi bo'ldi. Taqdirlash marosimidan so'ng Olimpiya shaharchasida o'ziga xos kichik yig'ilish tashkil qilindi. Milliy olimpiya qo'mitasi vakillari g'olib sportchi va uning murabbiyini tabriklashdi. 

Ushbu tadbirda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov ham ishtirok etdi.

«Oltin medal uchun biroz omad etishmadi. Ammo musobaqaning birinchi kunidayoq medal qo'lga kirita olganimizdan xursandmiz. Umid qilamizki, bundan keyin medallarimiz soni yanada ko'payadi va yuqori natijalar bilan O'zbekiston xalqini xursand qilamiz», – dedi Bosh kotib.

SHundan so'ng Jasur Matchanov ananaga ko'ra sportchimizga O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi logotipi tushirilgan maxsus eksklyuziv soatni esdalik sovg'asi sifatida taqdim etdi.

So'ngra ishchi guruh yig'ilishi bo'lib o'tdi va unda tashkiliy masalalar, oldinda kutilayotgan musobaqalar, bajariladigan topshiriqlar muhokama qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing