So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

22 okt 03:27
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

O'smirlar Olimpiadasi sovrindorlari O'zbekistonda qay tarzda kutib olindi? (FOTO)

Xabaringiz bor, 6-18 oktyabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tdi.

Mazkur "kichik Olimpiada" o'zbekistonlik yosh atletlar uchun har qachongidanda omadli keldi. O'yinlar yakuniga ko'ra hamyurtlarimiz tomonidan umumiy hisobda 16 ta medal qo'lga kiritildi. Ularning 5 tasi oltin, 4 tasi kumush va 7 ta bronza medallaridir. Medallar sifati bo'yicha 206 mamlakat ichida 13-o'rinni egalladik.

Bugun tunda ushbu musobaqada ishtirok etgan sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Marosimda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov so'zga chiqar ekan, musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan yosh sportchilarimizni tabrikladi. Mamlakatimizda sportga qaratilayotgan etibor o'z samarasini berayotganini alohida qayd etib o'tdi. Qo'lga kiritilgan yutuqlar uchun sportchi va murabbiylarga minnatdorchilik bildirdi.

So'ngra Argentina Olimpiadasining oltin medali sohiblari Kumush Fayzullaeva, Umid Jalolov yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar uchun muhtaram Prezidentimizga minnatdorchilik bildirishdi. Bundan keyingi muhim musobaqalarda ham munosib ishtirok etishga vada berdilar. SHuningdek, sportchilarimizning ota-onalari ham so'zga chiqib, o'zlarining eng samimiy tilaklarini izhor etishdi.

Qayd etish lozimki, mazkur o'yinlarda O'zbekiston o'z rekordini yangiladi. Taqqoslash uchun, to'rt yil oldin Nankinda bo'lib o'tgan o'smirlar Olimpiya o'yinlarida sportchilarimiz 10 ta medal qo'lga kiritgandilar. Bu safargi musobaqada esa hamyurtlarimiz 16 ta medalga ega chiqqan holda mamlakatimiz uchun ushbu o'yinlardagi eng yaxshi natijani qayd etdilar.

Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan barcha sportchilarimizni, ularning murabbiylarini va sport federaciyalarini muborakbod etadi va oldinda turgan nufuzli musobaqalarda ham ushbu zafarli yurishni davom ettirishlarini tilaydi.


Suratlar muallifi: Abdullo Fayzullaev

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing