18 okt 11:40
Yangiliklar
Boks/MMA, Olimpiya o'yinlari
O'smirlar Olimpiya o'yinlari: Bokschilarimiz bugun oltin va bronza medallari uchun ringga ko'tariladilar
Bugun Argentinadagi o'smirlar Olimpiya o'yinlarining so'nggi kun bahslari o'tkaziladi.
Unda ikki nafar bokschimiz medallar uchun ringga chiqadi. -56 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abdumalik Xalakov Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da oltin medal uchun ukrainalik Maksim Xalinichevga qarshi bahs olib boradi.
-81 kg vaznli Timur Merjanov esa Misr vakili Yusuf Ali Kararga qarshi jang o'tkazadi. Ushbu jang bizning vaqtimiz bilan 22:45 da boshlanadi.
Musobaqaning so'nggi kuni oldidan hisobimizda 14 ta medal (4 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza) mavjud. Bu ko'rsatkich orqali O'zbekiston delegaciyasi o'smirlar Olimpiya o'yinlaridagi rekordini allaqachon yangilab bo'ldi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar