So’nggi yangiliklar

16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0 18:30Александр Волкановски Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпион ҳақида фикр билдирди 0 17:12"Райан Гарсия фақат фаолиятини тугатган жангчилар билан жанг қилмоқчи" - Теренс Кроуфорд 0 16:00"Тоттенхэм" Икардини эркин агент сифатида ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0

02 avg 15:16
Yangiliklar

Dzyudo, Olimpiya o'yinlari

O'smirlar Olimpiya o'yinlariga licenziyalarimiz yana ikkitaga ko'paydi

Xabaringiz bor, oktyabr oyida Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tadi.

O'zbekiston sport delegaciyasi mazkur nufuzli musobaqaga jiddiy ravishda tayyorgarlik ko'rmoqda. Kuni kecha, Xalqaro dzyudo federaciyasining kadetlar o'rtasidagi reyting musobaqalari yakuniy ro'yxati elon qilindi.

Unga ko'ra, o'g'il bolalar o'rtasida -66kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Jayhunbek Nazarov, qizlar o'rtasida esa -52kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Nilufar Ermagembetova yakuniy reytingga ko'ra o'smirlar Olimpiadasida ishtirok etadigan bo'lishdi.

Qayd etib o'tish lozimki, reyting musobaqalarida qatnashgan besh nafar o'zbekistonlik yosh dzyudochi Olimpiya o'yinlari meyorini bajargandi. Biroq, qoidaga ko'ra bir mamlakatdan ko'pi bilan ikki nafar dzyudochi o'smirlar Olimpiadasida ishtirok etishi mumkin. O'zbekiston dzyudo federaciyasi qaroriga ko'ra aynan Jayhunbek Nazarov va Nilufar Ermagambetova Argentinadagi musobaqada ishtirok etish uchun tanlab olinishdi.

SHu tariqa, O'zbekiston sport delegaciyasining Buenos-Ayres Olimpiadasi uchun licenziyalari soni 33taga etdi.

Bugungi kunga kelib III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari uchun terma jamoamiz hisobida quyidagi sport turlarida licenziyalar mavjud:

Sport kurashlari – 5ta
Engil atletika - 4
Boks – 3 ta
Og'ir atletika – 3 ta
Baydarka va kanoeda eshkak eshish – 3 ta
Akademik eshkak eshish – 3 ta
Sport gimnastikasi – 2 ta
Sport akrobatikasi – 2 ta
Dzyudo - 2 ta
Trampolin - 1
Badiiy gimnastika – 1 ta
Ot sporti (konkur) – 1 ta
Taekvondo – 1 ta
Karate - 1
O'q otish - 1

Malumot uchun, 2010 yilda ilk marotaba Singapurda o'tkazilgan o'smirlar Olimpiya o'yinlariga O'zbekiston terma jamoasi 21ta licezniya qo'lga kiritgan. 2014 yilgi Nankin Olimpiadasida esa O'zbekiston sport delegaciyasi 28 nafar sportchidan iborat bo'lgan. Demak, bu boradagi rekord allaqachon yangilanib bo'ldi va bugungi kungi kelib 33 nafar o'smirlarimiz Olimipiya o'yinlarida ishtirok etish xuquqiga ega bo'lib ulgurishdi. Sportchilarimiz hali suzish va tennis sport turlarida ham licenziyalar qo'lga kiritish imkoniga egalar.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing