So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

20 may 07:57
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

O'smirlar Olimpiya o'yinlariga navbatdagi licenziya!

Filippin poytaxti Manila shahrida trampolin bo'yicha o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.

Buenos-Ayresda bo'lib o'tadigan III o'smirlar Olimpiya o'yinlariga licenziya beruvchi mazkur musobaqada yurtimiz sharafini Bobur Ahmadaliev va Nikita Babenishevlar himoya qilishmoqda.

Bahslarda ishtirok etayotgan Nikita Babenishev o'z tengdoshlari orasida ikkinchi natijani qayd etdi va Buenos-Ayresda bo'lib o'tadigan o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Bu borada birinchi o'ringa xitoylik sportchi loyiq ko'rilgan bo'lsa, Yaponiya vakiliga Osiyo chempionatining bronza medali va Olimpiya o'yinlariga uchinchi licenziya nasib etdi.

«Delegaciyamiz hisobiga navbatdagi licenziyani qo'shib qo'yganimizdan xursandmiz. Yigitlar ushbu musobaqaga uzoq vaqt davomida tayyorgarlik ko'rishdi. Murakkab dastur asosida ishladik va yakunda o'z maqsadimizga erisha oldik», – dedi terma jamoamiz bosh murabbiyi, Pekin-2008 Olimpiya o'yinlari bronza medali sohibi Ekaterina Xilko.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan sportchi va uning murabbiyi, shuningdek, O'zbekiston gimnastika federaciyasini tabriklaydi. Takidlash lozimki, O'zbekiston gimnastika federaciyasi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga gimnastikaning barcha yo'nalishlari bo'yicha licenziyalarga ega chiqdi. Bunga qadar sport gimnastikasida 2 ta, akrobatika va badiiy gimnastikada bittadan yo'llanmalar qo'lga kiritilgandi. Endi ular qatoriga trampolindan xam bitta yo'llanma qo'shildi.

Eslatib o'tamiz, III o'smirlar Olimpiya o'yinlari shu yilning 6-18 oktyabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayresda bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing