So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

15 apr 08:37
Yangiliklar

Eshkak eshish, Olimpiya o'yinlari

O'smirlarimiz Olimpiya o'yinlariga yana bitta licenziya qo'lga kiritishdi

SHu yili Buenos-Ayresda bo'lib o'tadigan III Yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan sportchilarimiz soni yana bittaga ko'paydi.

Ayni paytda Ispaniyaning Barselona shahrida o'smirlar o'rtasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda. Quvonarlisi, ushbu nufuzli musobaqaning sprint va slalom bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan farg'onalik Islom Abdusalomov hozirgina III o'smirlar Olimpiya o'yinlari licenziyasiga ega bo'ldi. U ikkikurash yakunlariga ko'ra jahonda ikkinchi o'rinni egalladi va Argentinadagi nufuzli musobaqa yo'llanmasiga ega bo'ldi.  

SHuningdek, mazkur yo'nalishda qizlar o'rtasidagi bellashuvlarda ishtirok etayotgan Gulbahor Fayzieva (Toshkent viloyati) sprint bahslaridan so'ng birinchi o'rinda ketmoqda va licenziya qo'lga kiritishga juda yaqin turibdi. Umid qilamizki, bugun o'tkaziladigan slalom bahslaridan so'ng Gulbahor ham terma jamoamiz hisobiga yana bir yo'llanmani qo'shib qo'yadi.

Malumot uchun, bugungi kunga qadar hamyurtlarimiz quyidagi sport turlarida III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari licenziyasiga ega bo'lib ulgurishdi:

Og'ir atletika - 3 ta

Akademik eshkak eshish - 2 ta

Ot sporti (konkur) - 1 ta

Taekvondo - 1 ta

Baydarka va kanoeda eshkak eshish  - 1 ta

Eslatib o'tamiz, III o'smirlar Olimpiya o'yinlari joriy yilning 6-18 oktyabr kunlari Argentina poytaxti Buenos–Ayresda bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing