So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

07 may 11:05
Yangiliklar

Boshqalar

Otabek Eshmamatovni tabriklaymiz!

Bugun O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining Matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi, Otabek Normo'minovich Eshmamatov 42 yoshga to'ldi.

Otabek Eshmamatov 1978 yilning 7 may sanasida Samarqand viloyati, Narpay tumanida tavallud topgan. Maktabni tugatgach, Toshkent davlat sanat va madaniyat institutining bakalavriat va magistratura yo'nalishlarida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini 1997 yilda O'zbekiston radiosi “Yoshlar” radiokanalida muharrir sifatida boshlab, sharhlovchi, bosh muharrir o'rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Keyinchalik, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Sport” telekanali sharhlovchisi, “Sport” telekanali “Teledizayn” bo'limi katta muharriri, “Sport” teleradiokanali teleradioeshittirishlar taminot xizmati “Kompyuter informaciya va mediatexnologiya” bo'limi birinchi toifali mutaxassisi, katta muharriri, “Sport” teleradiokanali “Maxsus loyihalar, mediatexnologiya va mediametriya” studiyasining bosh muharriri, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mashal” radiokanali “Sport dasturlari” muharririyati bosh muharriri, “Mahalla” teleradiokanali, “Mahalla” radiosi “Ijtimoiy-huquqiy dasturlar” muharririyati sharhlovchisi, Mediametriya va reyting sektori bosh mutaxassisi, “Mahalla” teleradiokanali “Badiiy-marifiy dasturlar” muharririyati bosh muharriri o'rinbosari, katta muharrir, O'zbekiston Milliy axborot agentligi Veb-sayt axborot tahririyati masul muharriri lavozimlarida xizmat ko'rsatgan.

Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining Matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirliga jamoasi Otabek Eshmamatovni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etgan holda oilaviy baxt va kelgusi faoliyatida hamisha omad yor bo'lishini tilab qoladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing