So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

16 dek 07:32
Yangiliklar

Futbol

Otabek SHukurov: "Bosh murabbiy Evropadan 2-3 nafar oshpaz olib keldi, osh va shunga o'xshash taomlar kamaytirilgan"

O'zbekiston terma jamoasi Otabek SHukurov saytimiz vakili Samandar SHokirovga eksklyuziv intervyu berib, mundialga tayyorgarlik haqida gapirib berdi.

- O'zbekiston terma jamoasining JCH-2026dagi imkoniyatlari haqida qanday fikrdasiz?

- Qurani ko'rdik. Raqib jamoalarga qarshi munosib o'yin ko'rsatish uchun yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Ko'pchilik Kolumbiya bilan o'ynash oson deb o'ylamoqda, unday emas. Portugaliya va Kolumbiya juda kuchli jamoalar. O'zimizning ilk mundialimizda munosib ishtirok etishga harakat qilamiz. Yaxshi natija ko'rsatishga, muxlislarni xursand qilishga intilamiz.

- O'zbekiston terma jamoasining guruhdagi o'yinlari uchta shaharda bo'lib o'tar ekan. Orasidagi masofa esa 800-1000 km.ni tashkil etar ekan. Bu bizga qanchalik qiyinchilik tug'diradi?

- Mundialda oson bo'lmaydi. Har qanday vaziyatga tayyor bo'lish kerak. Federaciya vakillari bunga echim topadi. FIFAdagilar ham yaxshi sharoitlar yaratib bersa kerak. Bir narsa xursand qildi. Masofasi uzoq bo'lsa ham, o'yinlar 3 yoki 4 oralig'ida emas, har 5 kunda o'tkazilar ekan. Birinchi turni qanday boshlasak davomi ham shunga bog'liq.

- Guruhimizdagi eng kuchli terma jamoa qaysi?

- Portugaliya. Kolumbiya ham kuchli jamoa. O'zbekiston esa "nolinchi" o'rinda (ulardan ham yuqorida). Guruhni muvaffaqiyatli yakunlashga harakat qilamiz. Jismoniy holat bo'yicha murabbiylar biz bilan bog'lanib, kerakli maslahatlarni berib turibdi. Oxirgi yig'inda bosh murabbiy so'nggi mundialda jamoalar o'rtacha qancha yugurgani haqida malumot berdi va biz yaxshi holatdaligimizni aytdi. Tayyorgarlikni hozirdan boshlab, yuqori tempga tayyor bo'lishimiz kerak.

- So'nggi mundialdagi natijalar va bizning terma jamoa o'rtasidagi farq qanchalik yaqin ekan?

- Masofa emas, uni qanday tezlikda bosib o'tganingiz muhimroq. Aynan shu jihatdan biroz ortda ekanmiz. Murabbiy o'sha darajaga etishimiz kerakligini aytib, maslahatlar berdi.

- Oxirgi yig'inda terma jamoaga oshpaz jalb qilindi va yana qo'shimcha rollar uchun ishchilar jalb qilindi. Avval bunaqasi bo'lmagan. Bu terma jamoamizga yordam beryaptimi?

- Futbolda mayda detallar bo'lmaydi. Aynan shu kichkina detallar ko'p narsani hal qilishi mumkin. Munidalga munosib tayyorgarlik ko'rish uchun bosh murabbiy Evropadan 2-3 nafar oshpaz olib keldi. Futbolchilarga bu yoqdi. Har safar ovqatlangani kirganingizda futbolchiga kerak bo'lgan eng muhim taomlar bo'ladi. Osh yoki shunga o'xshash taomlar kamaytirilgan. Mashg'ulotdan oldin vitamin beriladi, undan so'ng organizmni tiklovchi vitamin... Bu narsalar kichkina jihatdek ko'rinishi mumkin, lekin katta ahamiyatga ega deb o'ylayman. Bosh murabbiy Evropadan fiziterapevt ham olib kelishini aytdi. Ularning talabini bajarib ishlasak, kuchayib boraveramiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing