So’nggi yangiliklar

19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0

05 dek 08:48
Yangiliklar

Velosport

Otabek Umarov boshchiligidagi MOQ rahbariyati velosport federaciyasida mehmon bo'ldi

Teglar :  VelosportMOQ
MOQ rahbariyati federaciya hamda associaciyalarning Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik taqdimoti bilan tanishishda davom etadi.

Kecha kunning birinchi yarmida O'zbekiston velosiped sporti federaciyasining rejalari muhokama qilindi.

Takidlash joiz, ushbu sport Olimpiya o'yinlarida eng ko'p licenziya va medallar jamlanmasi o'ynaladigan yo'nalishlardan hisoblanadi. Biroq so'nggi Olimpiadalarda velosportchilarimiz kam sonli yo'llanmalar bilan cheklanib qolishmoqda. Suhbat davomida ushbu jihat tanqid ostiga olinib, kelgusida terma jamoamiz yo'llanmalar bilan cheklanib qolmay, sovrinli o'rinlar uchun kurashishi lozimligi bildirildi.

Federaciya masullari ayni shu maqsadda terma jamoalarga uch nafar xorijiy murabbiy jalb etilgani, ular reja asosida nafaqat kattalar, balki yoshlar jamoasi bilan ham ishlab borishi ko'zda tutilganini takidlashdi.

Mutasaddilar tashrif davomida federaciyaning moddiy texnik bazasini ham ko'zdan kechirishdi. O'rganish ishlari davomida klublar faoliyatini yanada kuchaytirish, ularning nufuzli xalqaro musobaqalardagi ishtirokini taminlash kabi mavzularga ham alohida to'xtalib o'tildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing