16 avg 13:47
Yangiliklar
Futbol
O'yin vaqtida hushidan ketgan Musialaning sog'lig'i haqida malumot berildi
"Bavariya" sport direktori Maks Eberl "RB Leypcig"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida hushidan ketgan jamoa futbolchisi Jamal Musialaning sog'lig'i haqida malum qildi.
"U bilan hammasi joyida va eng muhimi shu", — deydi Eberlning so'zlarini keltirgan "Bild".
Hodisa uchrashuvning 83-daqiqasida, 23 yoshli futbolchi gol urganidan ko'p o'tmay sodir bo'ldi. Jamoadoshi Ismael Saybari Musialaning tobi qochganini o'z vaqtida payqab, uni ushlab qolishga ulgurdi — shu sababli o'yinchi maysaga yiqilmadi. SHifokorlar bir necha daqiqa davomida futbolchiga yordam ko'rsatishdi. SHundan so'ng Musiala maydonni mustaqil tarzda tark etdi, uning o'rnini esa Bara Ndiaye egalladi.

Havola :
Fikrlar