26 may 15:32
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/69123_220.jpg)
O'zbek bokschilarining barchasi yarim finalda, bugun 10 nafar bokschimiz Bokuda final yo'llanmasi uchun jang qiladi
Ozarbayjonning Boku shahrida boks bo'yicha o'smirlar o'rtasida "Geydar Alievning 96 yilligi"ga bag'ishlangan xalqaro musobaqa bo'lib o'tmoqda.
Bugun musobaqa doirasida yarim final janglari bo'lib o'tadi. Quvonarlisi, musobaqada ishtirok etayotgan o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalarining barchasi yarim finalga yo'l olgan.
Bugun musobaqa doirasida 10 nafarning barchasi final chiptasi uchun ringga ko'tariladi:
-35,5 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov
-38,5 kg: Hojiakbar Mahmudov
-40 kg: Farrux To'laganov
-41,5 kg: Jamoliddiin Xoliqov
-46 kg: Boburbek Bobojonov
-50 kg: Lazizbek To'lqinov
-52 kg: Dalerjon Bozorov
-54 kg: Jasurbek Mo'minov
-57 kg: Jahongir Narziev
-59 kg: Abdulaziz Abdurahmonov
Yarim final janglari Toshkent vaqti bilan soat 16:00 dan so'ng start oladi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar