20 may 15:53
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbek bokschisi Ravshanbek Umurzoqov kuzda nufuzli kamar uchun jang qilmoqchi
Professional bokschimiz Ravshanbek Umurzoqov 18 may kuni JAR vakili Entoni Moluzaniga qarshi jangdagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu dastlabki 10 raundlik jangim ekanligiga qaramay, o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Tajribali va noqulay bo'lgan raqibga qarshi to'qnash kldim. Ushbu jang uchun murabbiydan aniq ko'rsatma olgandim - 10 raund davomida masofa bosib o'tish. CHunki, bungacha 6 raunddan ko'p jang o'tkazmaganman. Avvalgi jangim kamar uchun bo'lgandi va uni ikkinchi raunddayoq yakunlaganman. Rejalarimiz ulkan - kuzda "RCC Boxing Promotions" bilan birga nufuzli kamar uchun jang tashkil qilmoqchimiz", - dedi Ravshanbek Umurzoqov.
Havola :
Manba : RCC Boxing
Fikrlar