12 may 16:23
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbek bokschisining Olimpiadadagi sobiq raqibi koronavirusga chalindi
Rio Olimpiadasi chempioni, rossiyalik bokschi Evgeniy Tishenko koronavirus yuqtirib oldi.
U o'zi shifokorlarga murojaat qilgan. Tahlillar uning organizmida koronavirus borligini ko'rsatgan. Natijalar olinganidan so'ng uni uy karantiniga jo'natishgan, u hozir shifokorlar nazoratida bo'lib turibdi. Xabar qilinishicha, Tishenkoda COVID-19 ning engil formasi qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, Evgeniy Tishenko Rio Olimpiadasi yarim finalida o'zbekistonlik Rustam To'laganovga qarshi jang qilgan va g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar