26 may 15:59
Yangiliklar
O'zbek bokschisining promouteri: "Tayson formaga kirib olmoqda, lekin u jang qilmagani yaxshi"
"Mayk Tayson 2005 yilda Kevin MakBraydga yutqazib qo'yganidan buyon ringga chiqmadi. Undan oldin Mayk Denni Uilyamsga mag'lub bo'lgandi. U shunchaki boks tushmasligi lozim. Tamom.
Karantin vaqtida u formaga kirib oldi. Bularning barchasi ajoyib, chunki unda ortiqcha vazn to'planib qolgandi. Endilikda u keraksiz vazndan qutildi va mashg'ulotlardan zavq olmoqda. Lekin lapaga beriladigan zarbalar boshqa narsa. Lapa sizga javob qaytarmaydi.
Agar ular ko'rgazmali jang tashkil qilib, odamlarga sotmoqchi bo'lishsa ularga omad tilayman. Lekin, mening fikrim bunday bo'lmagani yaxshi", - dedi Uorren.
Malumot uchun, Frenk Uorren "Quensberry Promotion" promouterlik kompaniyasi rahbari hisoblanadi. Mazkur kompaniya bilan iqtidorli bokschimiz Abdulhay SHorahmatov hamkorlikni yo'lga qo'ygan.
Fikrlar