So’nggi yangiliklar

19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0 09:01Жаҳон чемпионатида қатнашадиган Ўзбекистон cпорт курашчилари маълум 0 20:46"Ғазалкент" клуби яна бир компания билан ҳамкорлик бошлаганини эълон қилди 0 19:00"Ортга йўл йўқ эди". Магомед Анкалаев Перейра қарши жангдаги мағлубият сабабини айтди 0

10 fev 15:09
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbek dzyudo afsonasi Rishod Sobirov haqida!

Taniqli dzyudochimiz Rishod Sobirovning faoliyati yakunlangani haqida xabar qildik.


Rishod Rashidovich Sobirov 1986 yilning 11 sentyabrida Buxoro viloyatining Jondor tumani, Burbog'i qishlog'ida tug'ilgan. O'zbek dzyudochisi, ikki karra jahon chempioni, uch karra Olimpiya o'yinlari bronza medali sohibi.

Dzyudo bilan 11 yoshida Rustam To'raev qo'l ostida shug'ullanishni boshlagan. Xalqaro musobaqalarga Furqat Soliev va Boris Grigorev kabi murabbiylar qo'l ostida tayyorgarlik ko'rardi.

Rishod ilk xalqaro sovrinini 2006 yilda qo'lga kiritgan. O'shanda qahramonimiz Tayvanda bo'lib o'tgan yoshar o'rtasidagi Osiyo chempionatida birinchi o'rinni egallagandi. Oradan bir yil o'tib esa u kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida finalgacha etib borgan va ikkinchi o'rin egasiga aylangan.



2008 yilda O'zbekiston chempioniga aylangan sportchi mamlakat terma jamoasi tarkibidan ham joy oladi va Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Pekinda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida 60 kg gacha bo'lgan vazn toifasida u bronza medali sohibiga aylangan.

2010 yilda esa Rishod Sobirov Tokioda bo'lib o'tgan jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritadi. Oradan bir yil o'tib, Parijda ushbu muvaffaqiyatini yana takrorlaydi.

2012 yili Londonda bo'lib o'tgan Olimpiadada dzyudochi yarim finalgacha etib borgan. Biroq, yakunda yana bronza medali bilan kifoyalanishga majbur bo'lgan.

2016 yili Braziliyada bo'lib o'tgan Rio Olimpiadasida sportchi yana bronza medalini qo'lga kiritgan va uchta olimpiadada medal qo'lga kiritgan kam sonli dzyudochilardan biriga aylanib oladi.




Sovrinlari:

Olimpiada: 3 ta bronza

Jahon chempionati: 2 ta oltin, 1 ta bronza

Jahon kubogi/Gran-Pri/Ulkan toj: 10 ta oltin, 4 ta kumush, 1 ta bronza

Osiyo chempionati: 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza

Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati: 1 ta oltin


Takidlab o'tish lozimki, sportchi Buxoro davlat universitetini tamomlagan.



Harbiy xizmatchi.


Mukofotlari:

Xalqaro toifadagi sport ustasi (2003)

"O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi" fahriy unvoni (2008)

"O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil" esdalik nishoni sohibi (2011)

"O'zbekiston iftihori" fahriy unvoni sohibi (2012)

"El-yurt hurmati" ordeni sohibi (2016)



Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

+1   
11 fev 10:18:14
Adilbek
Койл мана спортчи ва харбий кейинги режаларида омад ва зафарлар тилайман олга узбекистан!!!
   
11 fev 15:04:04
Husniddin Mirzaliyev
Otasiga rahmat!
   
10 fev 20:51:18
Sherzod87
Kelgusi ishlarizga ham omad yor bulsin urtoq mayor
   
10 fev 18:48:32
shahzod xojayli
Raxmat
   
10 fev 18:16:19
yahyo
ҳаммаси учун катта рахмат
   
10 fev 17:56:23
sherali
ddddd
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing