So’nggi yangiliklar

21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0 20:24"Вазни 102 кг". Дана Уайт Хабибнинг UFC`га қайтиши эҳтимоли ҳақида 0 19:53Ҳакамликдаги инқироз ва ечим: бизга “тийиб туриш” механизми керак! 0 19:27Махачев — Йен Гэрри жанги статистикаси: зарбалар ва аниқлик фоизи, Мачадо 11 та кўпроқ зарба йўллабди 0 18:54Махачев Гэрри билан жангнинг бешинчи раунди олдидан Хабиб унга нима деганини ошкор қилди 0 18:26Бу қизиқ! Дана Уайт бугун Ислам Махачевнинг мағлубиятини кутган экан 0 18:00Судзукининг ПСЖга трансфери барбод бўлиши сабаби маълум 0 17:28Махачев навбатдаги чемпионлик ҳимояси учун рақиб ва муддатни маълум қилди 0 16:49ММА ҳамжамиятининг Ислам Махачев - Йен Гэрри жангига муносабати 0 16:22Магнус Карлсен чемпион бўлган EWC 2026 турнирида Нодирбек нечанчи ўринни эгаллади ва қанча мукофот пулини қўлга киритди? 0 15:55"Ал Ҳилол" навбатдаги ТОП трансфер бўйича келишувга эришди 0 15:21UFC 330 турнирининг бонус соҳиблари маълум. Ислам рўйхатда борми? 0 14:52Ислам Махачев битта кўрсаткич бўйича Хабиб Нурмагомедовга етиб олди 0 14:15Тахмина Икромова халқа, қизларимиз эса гуруҳ машқининг финалида иштирок этади 0

20 noy 16:38
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbek jang sanati rahbari Po'lat Usmonov WOMAO vice-prezidentligiga saylandi

Janubiy Koreyaning CHondju shahrida Butunjahon jang sanatlari federaciyasi(WOMAO)ning navbatdagi kongress yig'ilishida hamyurtimiz, O'zbekiston O'zbek jang sanati federaciyasi raisi Po'lat Usmonov ushbu tashkilotning vice-prezidentligiga saylandi.

Bu haqda O'zbek jang sanati federaciyasi xabar berdi.

Har ikki yilda Janubiy Koreyada YUNESKO tizimida butun jahon jang sanatlari festivali tashkil etib kelinadi. Ananaviy tarzda o'tadigan mazkur sport anjumanida dunyoning bir qator yakkakurash turlari, milliy sportlar namoyish etiladi. 

Mazkur festivalda bir necha yildan beri O'zbek jang sanati federaciyasi sportchilari qatnashib, xalqimizning boy ananalari va qadriyatlarini jamlagan jangavor usullarni targ'ib etib kelinmoqda.

50 dan oshiq davlat vakillari ishtirokida davom etayotgan festival jarayonida WOMAOning navbatdagi kongressi o'tkazildi. Unda ovoz berish yo'li bilan tashkilotning ikki nafar vice-prezidenti saylandi.

Ushbu lavozimga davogar bo'lgan Eron, Janubiy Koreya, Hindiston vakillaridan eng ko'p ovoz olgan hamyurtimiz, O'zbek jang sanati federaciyasi rahbari Po'lat Usmonov keyingi ikki yil muddatga WOMAO vice-prezidenti etib saylandi. 

Aytish lozim, O'zbekistonda xizmat ko'rsatga sport ustozi, yuzlab dongdor yakkakurash ustalarining murabbiyi, O'zbek jang santi asoschisi Po'lat Usmonov Yunesko tizimidagi mazkur xalqaro sport tashkiloti rahbarligiga uchinchi bor saylanishi.

Eslatib o'tamiz, har ikki yilda o'tadigan Butunjahon jang sanatlari festivalining 2017 yilgi bahslarida O'zbek jang sanati terma jamoasi umumjamoa hisobida 50 dan ziyod jamoalar orasida 1-o'rinni egallagandi.

Festival musobaqalari 21 noyabr kuni yakunlanadi.


To'lqin Ro'ziev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing