So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

15 okt 11:10
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari

O'zbekiston 2018-yil hisobidan barcha kompleks musobaqalarda rekordlarni yangiladi

Xabaringiz bor, Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari davom etmoqda.

Mazkur «kichik Olimpiada» sportchilarimiz uchun har qachongidan ham muvaffaqiyatli kechmoqda. Bugun erkin kurash bo'yicha bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilgan Umidjon Jalolov musobaqaning oltin medali egasiga aylandi. Ushbu natija orqali O'zbekistonning o'smirlar Olimpiya o'yinlaridagi rekordi yangilandi.

Bungacha o'smirlarimizning Olimpiadadagi eng yaxshi natijalari 2014 yilga tegishli edi. Hamyurtlarimiz Nankin Olimpiadasida 4 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritgandilar. Jalolovning oltin medalidan so'ng O'zbekiston hisobidagi medallar soni 12 taga etdi. Hamyurtlarimiz hisobida ayni paytda 4 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medallari mavjud.

Qayd etish lozimki, Argentinada sportchilarimiz yangi yo'nalishlarda ham medallar qo'lga kirita boshladilar. Jumladan, bungacha O'zbekiston o'smirlar Olimpiadasida og'ir atletika bo'yicha xech qachon oltin medal qo'lga kiritmagandi. Kumushxon Fayzullaeva bu borada birinchi bo'ldi. 

SHuningdek, qizlarimiz ham sport kurashlari bo'yicha medallarga ega chiqishmagan. Finalgacha etib borgan SHohida Ahmedova o'zbek ayollar kurashi tarixida yangi sahifa ochdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha ham avvalgi Olimpiya o'yinlarida medallar olmagandik. Bu safar eshkak eshuvchilarimiz oltin va kumush medallarga ega chiqishdi. Gulbahor Fayzieva va Islomjon Abdusalomov o'z ishtiroklari bilan terma jamoamiz hisobiga medal qo'shib qo'yishdi.

O'zbekistonlik sovridor sportchilar ro'yxati hozircha quyidagicha ko'rinish olgan:

Oltin:

Jayhunbek Nazarov (dzyudo, mikst)

Kumushxon Fayzullaeva (og'ir atletika)

Gulbahor Fayzieva (baydarka va kanoeda eshkak eshish)

Umidjon Jalolov (erkin kurash)

Kumush:

Ulug'bek Rashitov (taekvondo)

Muhammadqodir Toshtemirov (og'ir atletika)

Islom Abdusalomov (baydarka va kanoeda eshkak eshish)

SHohida Ahmedova (sport kurashlari)

Bronza:

Nilufar Ermagambetova (dzyudo)

Indira O'lmasova (gimnastika, mikst)

Dolera Davronova (og'ir atletika)

Muhammadrasul Rahimov (erkin kurash)

Qayd etish lozimki, 2018 yilda sportchilarimiz o'zlari ishtirok etgan kompleks musobaqalarda medallar sifati bo'yicha ham, soni bo'yicha ham rekordni yangiladilar. Dastlabki rekord XVIII Osiyo o'yinlarida o'rnatilgan bo'lsa, kuni kecha Paralimpiyachilarimiz ham bu boradagi rekordni yangilagandilar. Bu safar esa o'smirlarimiz aka va opalaridan aslo qolishmasliklarini amalda isbotlab, o'zbek sporti tarixida yangi saxifa ochishdi. Rekordlar muborak, O'zbekiston!

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing