08 noy 19:58
Yangiliklar
Dzyudo
O'zbekiston delegaciyasi Ar-Riyod-2025 Islom birdamlik o'yinlaridagi ilk medaliga ega chiqdi!
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri mezbonlik qilayotgan VI Islom birdamlik o'yinlarida O'zbekiston dastlabki medalini qo'lga kiritdi.
Bugundan start olgan dzyudo bellashuvlari doirasida terma jamoamiz azosi Laziza Haydarova (48 kg) bronza medali uchun bahsda qozog'istonlik Diana Burkeevani ippon bahosi bilan mag'lub etib, delegaciyamizga ushbu o'yinlardagi ilk medalni taqdim etdi.
Oldinda yana ikki hamyurtimiz ishtirokidagi bronza medali uchun kechuvchi bellashuvlar hamda ikki nafar dzyudochimizning finaldagi chiqishi kutib turibdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar