So’nggi yangiliklar

10:36Aktau Asian Open 2026 турнирини 13 та медаль билан якунладик 0 10:05"Овчи"нинг UFC`даги жанги яна бекор қилинди 0 09:34WTA Ningbo Open. Камилла Раҳимова ҳам асосий тўрга йўл олди 0 09:03Sofascore. Шомуродов кечаги учрашув учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 08:32Дана Уайт Хоакин Баклининг қўл беришдан бош тортгани ҳақида: "Уни ҳайдашни айтдим" 0 08:01Жаҳон чемпионатида илк йўқотиш. Ҳакамлар мексикаликнинг ғалабасини таъминлашди 0 19:56"Бировнинг нарсаси керак эмас, ўзимникини эса бермайман!" Пётр Ян Двалишвили билан трилогияга тайёргарликни якунлади 0 19:25Моуриньо: "Реал" таркиби мени тўлиқ қониқтиради" 0 18:54ММА ҳамжамиятининг Мэлотт - Бакли жангидаги нокаутга муносабати: "Капа олти метр нарига учиб кетди" 0 18:23Ўзбекистон 2027 йилги Жаҳон кубоклари учун иккита йўлланмага эга бўлди! 0 17:52UFC Fight Night 291 турнири нокаутлар бўйича Лига рекордини такрорлади 0 17:21Лионель Месси бугунги ўйинда қайд этган дублига муносабат билдирди 0 16:50Умар Кремлёв: "Боксчилар ҳеч нарсага муҳтож бўлмасликлари учун шароит қиламиз" 0 16:19RCC x Karate Combat: Хамзин Космони енгди, "Белаз" Дуглас Лимани бўғиб қўйди 0 15:48Бакли Мэлоттдан қабул қилиб олган бугунги нокаутли мағлубияти ҳақида гапирди 0

09 may 16:58
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston dzyudo federaciyasi TerDU bilan hamkorlikni yo'lga qo'yadi

Teglar :  DzyudoTerDU
O'zbekiston dzyudo federaciyasining rivojlanish dasturidagi ustuvor yo'nalishlardan biri oliy talim muassasalari bilan keng qamrovli hamkorlik qilishdan iborat.

Kuni kecha hamkor oliy o'quv yurtlari soni yana bittaga ko'paydi - 72 yillik tarixga ega Termiz Davlat Universiteti (TerDU)! SHu munosabat bilan bevosita Termiz shahrida uchrashuv tashkil etildi. Unda O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Zafar Qahramonov, Federaciyaning viloyatlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Baxtiyor Yuldashev, Federaciyaning Surxondaryo viloyati bo'limi raisi To'lqin Valiev, Universitet rektori Abduqodir Toshqulov, prorektorlar hamda sport talimiga masullar ishtirok etishdi.

Malumot uchun, 1954 yilda tashkil etilgan Termiz Davlat Uniersitetida 13 ta fakultet bo'lib, bugungi kunda 22 114 nafar talaba tahsil olmoqda. Ulardan 4000 nafari muntazam sport bilan shug'ullanadi. Dzyudo bo'limidagi talabalar soni 100 nafarga yaqin. Hozirda Universitet tomonidan tog'li Boysun tumanida "Darband" sport bazasi bunyod etilmoqda. Bu maskan foydalanishga topshirilgach, dzyudochilar o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish imkoniga ega bo'ladilar.

Malumot uchun, Surxondaryo viloyatida Prezident Qarori bilan tashkil etilgan Respublikamizdagi ikkita Dzyudo mahorat maktabidan biri (Denov) faoliyat yuritmoqda. Yaponiyalik murabbiy Junna Kikuchi surxondaryolik yosh dzyudochilar bilan birga samarali ishlab kelyapti.

Universitetda bo'lib o'tgan uchrashuvda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi va tez kunda ana shu barcha yo'nalishlarni o'z ichiga olgan Memorandum imzolanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing