So’nggi yangiliklar

17:54Хамзат Чимаев Москвада жанг қилади! Рақиб ҳам аниқ (ПОСТЕР) 0 17:15Ўзбекистонда UFC турнири ўтказилса, марказий жангда қайси ҳамюртимиз иштирок этиши маълум 0 16:33"Бунёдкор"да пул йўқ: Тошкент клуби Навоийга бора олмайди 0 15:50Мирафзал Ахтамовнинг PFL Лигасидаги кейинги рақиби, жанг санаси ва манзили эълон қилинди 0 15:07Баскетболчи қизларимиз Осиё ўйинларидаги рақибларини билиб олди 0 14:27Жон Жонс Федор Емельяненкони мағлуб этган бўлиши мумкинлигини айтди 0 13:50Мурод Алиев "Пахтакор" билан ўйинда кўтарилган баннер ҳақида: "Шу ерда раҳбар бўлиб нотўғри иш қилаётган жойимиз йўқ" 0 13:17Расман! Лазизбек Мулложоновнинг проф боксдаги кейинги жанги тасдиқланди. У Жалоловнинг собиқ рақиби билан жанг қилади (ПОСТЕР) 0 12:49Қозоғистон дзюдо терма жамоаси Осиё ўйинлари учун таркибини эълон қилди 0 12:24Ислам Махачев: "Конор Макгрегордан кўнглим қоляпти" 0 11:55ФИФА Аргентина терма жамоасига нисбатан учта банд бўйича суриштирув бошлади 0 11:17Пойтахтимизда 600 нафардан зиёд таэквондо усталарини бир нуқтада бирлаштирган "Tashkent Summer Camp-2026" йиғини ўтказилмоқда 0 10:43UFC 330 турнири яна бир жангини йўқотди 0 10:06Бектемир Мелиқўзиев ESPN рейтингидан жой олди 0 09:34Ўзбекистон МТЖ аъзоси жароҳат сабабли камида бир ой майдонга тушмайди 0

10 okt 17:15
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston dzyudo federaciyasiga yangi rais saylandi

Teglar :  Dzyudo
Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston dzyudo federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Uni federaciya vice-prezidenti Dmitriy Adisman olib bordi. 

Malumki dzyudo mamlakatimizda eng ommaviy sport turlaridan biri hisoblanadi. O'zbek dzyudosining shonli tarixi, mashhur maktabi va o'z ananalari bor. Mamlakatimiz Mustaqillikka erishgach, ortda qolgan 26 yil davomida yurtimiz dzyudochilari eng nufuzli xalqaro musobaqalar - Olimpiya va Osiyo o'yinlari, jahon va qita chempionatlarida muntazam ishtirok etib kelishmoqda.


Jumladan, O'zbekiston delegaciyasi mustaqil jamoa sifatida qatnashgan 6 ta yozgi Olimpiya o'yinlarida hamyurtlarimiz sportning ushbu turidan jami oltita medalga sazovor bo'lishgan. Armen Bagdasarov 1996 yil Atlanta (AQSH) va Abdullo Tangriev 2008 yili Pekin (Xitoy)da kumush medallarni qo'lga kiritgan bo'lsalar, ikki karra jahon chempioni Rishod Sobirov 2008, 2012 va 2016 yilgi Olimpiya o'yinlarida bronza medallariga sazovor bo'lib, ketma ket uch Olimpiya o'yinlarida sovrindor bo'la olgan er yuzidagi kam sonli dzyudochilar orasiga kirgan. SHuningdek, Diyorbek O'rozboev 2016 yili Rio-de Janeyroda bo'lib o'tgan XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarida delegaciyamiz hisobiga bronza medalini qo'shib qo'ygan. 

Osiyo o'yinlari va jahon chempionatlarida ham O'zbekiston doimo favoritlar qatorida zikr etilsada so'nggi yillarda sportchilarimiz asosan bronza medallari bilan cheklanib qolishmoqda. Bugungi Konferenciyada aynan shu jihatlarga ham alohida etibor qaratildi. 

Yakkakurashlar bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori SHahrillo Mahmudov hamda O'zbekiston dzyudo federaciyasi vice-prezidenti, Atlanta-1996 Olimpiya o'yinlari sovrindori Armen Bagdasarovlar eng nufuzli musobaqalarda oltin medallar jamg'arish uchun vaqt allaqachon etganligi, buning uchun mamlakatimizda barcha sharoitlar yaratilganligi xaqida takidlab o'tishdi.  

Konferenciyada tashkiliy masala ham ko'rildi va so'nggi yillarda federaciyaga rahbarlik qilib kelgan Adham Ahmedbaev o'rniga O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki raisining o'rinbosari Alisher Valievich Akmalov O'zbekiston dzyudo federaciyasining raisi etib bir ovozdan saylandi.

 

Konferenciya ishida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov va Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etishdi va so'zga chiqishdi. SHuningdek, Konferenciya davomida federaciyaning avvalgi raisi Adham Ahmedbaevning mamlakatimizda dzyudo sport turining rivojlanishi va taraqqiy etishiga qo'shgan hissasi alohida takidlab o'tildi va qilgan xizmatlari uchun unga minnatdorchilik izhor etildi. 

O'z navbatida, federaciyaning yangi rahbariga zimmasida turgan masuliyatli vazifalarni bekamu ko'st bajarishda muvaffaqiyatlar tilandi. Oldinda turgan muhim musobaqalar – kelasi yili Indoneziya mezbonlik qiladigan Osiyo o'yinlari, hamda “Tokio 2020” Olimpiya o'yinlarida yurtimiz sport jamoatchiligi o'zbek dzyudochilaridan nafaqat kumush va bronza, balki oltin medallar kutayotganligi takidlab o'tildi. SHuning bilan O'zbekiston dzyudo federaciyasining navbatdan tashqari Konferenciyasi o'z ishini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing