So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

13 iyu 10:10
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston motokross terma jamoasi xalqaro musobaqa sovrindori

10-11 iyun kunlari Rossiya Federaciyasining Krasnodar o'lkasidagi Qora dengiz sohilida joylashgan mototrassada 15 davlat sportchilari o'rtasida motokross bo'yicha “Winline Hamdo‘stlik Kubogi – 2023” xalqaro musobaqasi bo'lib o'tdi.

Rossiya, Armaniston, Belarus, Janubiy Osetiya, Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Mo'g'uliston, Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, Turkiya va Italiyaning ko'zga ko'ringan motokrosschilari 65 kub sm, 85 kub sm, 125 kub sm (ayollar, yoshlar), “MX1”, “MX2” va “MX Open” sinflarida bellashdilar.

Aytish mumkinki, ushbu nufuzli musobaqani ikki kun davomida butun dunyo bo'ylab ekstremal sport muxlislari katta qiziqish va hayajon bilan kuzatdilar.

Quvonarlisi, xalqaro kubok musobaqasida O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti sportchilaridan iborat O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari – Emran Ablyazov 125 kub sm (“MX2”), Jasur Samatov 250 kub sm (“MX1”) va Konstantin Sichyov “MX Open” sinflarida qatnashib, umumjamoa hisobida faxrli uchinchi o'rinni egalladilar.

Birinchi o'rin Rossiya, ikkinchi o'rin esa Qozog'iston terma jamoalariga nasib etdi. G'oliblar va sovrindorlar tashkilotchilarning belgilangan pul mukofotlari, medallari va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing