07 iyu 13:50
Yangiliklar
O'zbekiston o'smirlar Olimpiya o'yinlari uchun 30-licenziyani ham naqd qildi
Ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadigan sportchilarimiz soni yana bittaga ko'paydi. Aniqrog'i, kuni kecha Milliy olimpiya qo'mitasiga Xalqaro o'q otish federaciyasidan xat keldi. Unda O'zbekiston terma jamoasi uchun Olimpiya o'yinlariga sportning ushbu turi bo'yicha imtiyozli yo'llanma taqdim etilgani malum qilingandi. Unga ko'ra, xalqaro o'q otish federaciyasi O'zbekiston terma jamoasi uchun qizlar o'rtasida 10 metrga pnevmatik miltiqdan o'q otish bo'yicha licenziya taqdim etdi.
O'zbekiston o'q otish federaciyasi esa Argentinadagi nufuzli musobaqada ishtirok etishga iqtidorli sportchimiz Zaynab Pardabaevani loyiq ko'rdi va Buenos-Ayresdagi III o'smirlar Olimpiya o'yinlarida Zaynab yurtimiz sharafini himoya qiladigan bo'ldi. Ushbu yo'llanma orqali O'zbekiston sport delegaciyasining Buenos-Ayres Olimpiadasi uchun licenziyalari soni 30 taga etdi.
Fikrlar