21 may 17:17
Yangiliklar

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ishtirokida onlayn mashg'ulot o'tkazildi
Ushbu mashg'ulotlarni O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov, bosh kotib Murodjon Mamadaliev ham kuzatib bordi.
Mashg'ulotlarni o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Bekzod Xidirov olib bordi. Yigitlarimiz esa berilgan topshiriqlarni astoydil bajarishdi.
Onlayn mashg'ulot davomida federaciya rahbariyati tomonidan shunday ruxda davom etish lozimligi, yaqin orada o'quv-mashg'ulot yig'inlari boshlanishi takidlandi.
"Xabaringiz bor, Respublika komissiyasi tomonidan karantin choralari 1 iyunga qadar uzaytirildi. Ushbu jarayon asta-sekin yumshatilayotgan bo'lsada, hali to'liq bekor qilingani yo'q. SHu sababli, hozircha uy sharoitida mashg'ulotlarni davom ettirib turamiz. Nasib bo'lsa, yaqin kunlar ichida navbatdagi o'quv-mashg'ulotlar kunlariga aniqlik kiritiladi. Hozircha esa karantin qoidalariga amal qilishimiz lozim", - dedi Murodjon Mamadaliev.
Fikrlar