15 dek 10:54
Yangiliklar
Futbol
O'zbekiston terma jamoasi azosi "Nasaf"ga o'tishga yaqin
Olti yillik tanaffusdan so'ng Odilbek Hamrobekov yana "Nasaf" klubiga qaytishi mumkin.
Narzulla Saydullaevning malum qilishicha, tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda va yarim himoyachi ortga qaytishga yaqin.
Malumot uchun, Hamrobekov professional faoliyatini aynan "Nasaf"da boshlagan. U 2013-19 yillarda Qarshi jamoasida harakat qilgan. O'tgan mavsumni 27 yoshli futbolchi "Navbahor"da o'tkazdi. Futbolchi Superligada 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golga hammualliflik qildi.
Havola :
Fikrlar