So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

17 apr 17:47
Yangiliklar

Velosport

O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi birinchi bo'lib onlayn musobaqa o'tkazdi

Teglar :  Velosport
Karantin kunlarida birinchilardan bo'lib O'zbekiston velosiped federaciyasi sportchilar orasida onlayn musobaqa o'tkazdi.

Dastlabki bellashuv ilk bor tashkil qilingani uchun ishtirokchilardan ko'p narsa talab etilmadi va reglament ham shunga mos sodda, tushunarli qilib ishlandi. Qoida oddiy: 30 soniya ichida kim ko'p erga tayangan holda yotib-turish («otjimanie» qilish).

Musobaqada ishtirok etish uchun 109 nafar sportchimiz o'z chiqishini hakamlar hayatiga taqdim qildi. Ishtirokchilar orasida 21 nafar qizlarimizning borligi yanada ahamiyatli ko'rsatkichdir. Demak, umumiy jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan ushbu kichik bahsning g'olib va sovrindorlari bilan tanishing:

Yigitlar:

1. Nikita Palchik (RIOZMI)

2. Arslan Gafarov (CHIOZMI)

3. Suhrob Qurbonov (UIOZMI)


Qizlar:

1. Nafosat Koziva (O'zDJTSU)

2. Renata Baymetova (O'zDJTSU)

3. Anna Kulikova (FIOZMI)

Bellashuv g'olib va sovrindorlari karantin yakunlanganidan so'ng federaciyaning qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlanishadi. Bunday musobaqa, shubhasiz, sportchilarimizning karantin vaqtida bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, o'zaro sog'lom raqobat uyg'otish borasida katta ahamiyat kasb etadi. Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash mavzusida qilgan murojaatlarida jismoniy tarbiya bilan shug'ullanib borish borasida alohida to'xtalib o'tgan edilar. O'tkazilgan musobaqa mazkur murojaatning amaliy ifodasi sifatida O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi sportchilari orasida yangicha yondashuv bilan targ'ib qilindi.

O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing