So’nggi yangiliklar

02:46Рамазон Темировнинг Каванага қарши жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 02:15Темиров Каванага, Ян Двалишвилига қарши, Волкановски эса Евлоев билан жанг қилди! UFC 333 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:29UFC 333: Рамазон Темиров иштирокидаги жанг биринчи раундда якунланди 0 17:15UFC 333: Рамазон Темировнинг Лоне Каванага қарши жанги Тошкент вақти билан соат нечада бошланади? 0 15:23U-15 Жаҳон Кубоги ва фестивали. Ўзбекистон Ганага мағлуб бўлди 0 13:54Дакар-2026: Ўзбекистон сузиш баҳсларида икки спортчи билан қатнашади 0 12:47Бугун UFC 333 турнири ўтказилади: Темиров – Кавана, Ян – Двалишвили ва бошқа жанглар 0 10:03Бугун Тожикистонда ёшлар ўртасида Dushanbe Grand Prix Juniors 2026 турнири старт олади 0 09:26Царукян ва Чимаев жанг қилган RAF 14 турнирининг барча натижалари 0 19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0

01 noy 17:10
Yangiliklar

Velosport

O'zbekiston velosiped sporti federaciyasiga 2 ta avtomobil va zamonaviy “Wattbike” sovg'a qilindi

Teglar :  Velosport
Bugun poytaxtimizda velotrek bo'yicha yoshlar va kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'z yakuniga etdi.

26 oktyabr kuni start olgan ushbu musobaqa davomida Respublikamizning eng sara trek ustalari bor mahoratlarini namoyish qilishdi.

Ahamiyatlisi, bugun bo'lib o'tgan musobaqaning tantanali yopilish marosimi nafaqat sportchilar, balki O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi mutasaddilari uchun ham unutilmas tadbirga aylandi. Unda Rustam SHoabdurahmonov boshchiligidagi MOQ mutasaddilari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakillari, shuningdek, O'zbekiston velosiped sporti federaciyaga biriktirilgan homiy “Asaka bank” ATBning mutasaddilari ham ishtirok etishdi. Tantanavor ruhda o'tgan tadbirda federaciyaga MOQ nomidan zamonaviy “Wattbike” (uy sharoitida mashg'ulot uchun foydalaniladigan elektron velosiped) topshirilgan bo'lsa, “Asaka bank” tomonidan 2 ta engil avtomobil “Nexia-3” va “Damas” sovg'a qilindi. Ushbu engil avtomobillar sportchilarimizning mashg'ulot jarayonida murabbiylarimizning ishini ancha engillashtirib, kerakli natijalarga erishishlarida xizmat qilishiga ishonamiz.

O'z navbatida, federaciya bosh kotibi Kozim O'rinboyxo'jaev tadbirda so'z olib, muhtaram Prezidentimiz boshchiligida sportga qaratilayotgan etibor, Olimpiya o'yinlariga tayyorlanayotgan federaciyalarimiz hukumatimiz tomonidan har tomonlama qo'llab-quvvatlanayotganini etirof etdi.

SHundan so'ng musobaqalarning barcha yo'nalishlarida g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing