22 may 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi onlayn mashg'ulotlarni davom ettirmoqda
Bugun boks bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolari ishtirokida onlayn mashg'ulot tashkil etildi.
Ushbu mashg'ulotlarni O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyati ham kuzatib bordi.
Mashg'ulotlarni terma jamoa katta murabbiyi Hamid Tangribergenov olib bordi. Murabbiy belgilangan reja asosida yoshlarimizga vazifalarni berib bordi.
O'z navbatida federaciya rahbariyati tomonidan karantin hali yakunlaganmaganligi, shu bois mashg'ulotlarni uy sharoitida davom ettirib turish lozimligi takidlandi. O'quv-mashg'ulot yig'inlarining tiklanishi Respublika maxsus komissiyasi qaroriga bog'liqligi qayd etildi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olympicboxing.uz
Fikrlar