29 okt 11:02
Yangiliklar
O'zbekistonda dzyudo kuni nishonlandi
SHu munosabat bilan O'zbekiston dzyudo federaciyasida ham ushbu bayram keng nishonlandi.
500 nafardan ortiq sportchini qamrab olgan tadbirda terma jamoa murabbiyi Farhod To'raev, o'zbek dzyudosi yulduzlari Diyorbek O'rozboev, G'iyos Boboev, Gulnoza Matniyozova, terma jamoamizning boshqa azolari, yosh dzyudochilar, ishtirok etishdi. Tajribali sportchilarimiz bo'lajak polvonlarga mahorat saboqlarini o'tkazishdi, ular bilan suhbatlashishdi. CHempionlarimiz bolajonlarga muvaffaqiyatga erishish sirlari haqida gapirib berdilar.
Albatta, sportning ommalashishida bunday tadbirlarning o'rni katta. Aslida dzyudo kunini o'tkazishdan maqsad - sportning ushbu turini targ'ib qilish, ommalashtirish, aholini dzyudoga qiziqtirishdan iboratdir. Tashkilotchilar ushbu tadbir orqali o'z maqsadlariga erishdilar deb bemalol aytishimiz mumkin.
Fikrlar