12 noy 06:30
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonda ilk marotaba o'tkaziladigan MMA oqshomi uchun chipta narxlari malum bo'ldi
Xabaringiz bor, 23 noyabr kuni poytaxtimizda aralash qoidalar jangi bo'yicha GFC 20 turniri tashkil etiladi.
Mamlakatimiz tarixida ilk marotaba o'tkazilayotgan ushbu rasmiy turnir uchun chiptalar sotuvi boshlandi. Unga ko'ra, chiptalar 30 000 so'mdan 2 500 000 so'mgacha sotilmoqda.
CHiptalarni iTicket.uz saytidan hamda "Humo Arena" kassalaridan xarid qilish mumkin bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, musobaqaga "Humo Arena" mezbonlik qiladi. Turnirga UFC chempioni Xabib Nurmagomedov mehmon sifatida tashrif buyuradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar